Timofeyeva WTA reytingida 16 poğona yuqoriladi
Uimbldondagi iştiroki ortidan Özbekistonning ikkinçi raketkasi Mariya Timofeyeva Ayollar tennis assotsiatsiyasi (WTA)ning yangilangan reytingida 16 poğona yuqoriladi. Hozirda u 897 reyting oçkosi bilan jahonning 79-raketkasi bölib turibdi.
Özbekistonning birinçi raqamli tennisçisi Kamilla Raximova esa reytingda sakkiz poğona pastladi. U 906 oçko bilan 78-örinni egallab turibdi va mamlakatning eng yuqori örindagi tennisçisi maqomini saqlab qoldi.
Şuningdek, Özbekiston şarafini himoya qilayotgan Polina Kudermetova ham WTA reytingida tört poğona yuqorilab, 109-öringa kötarildi.
Şu tariqa, yangilangan reytingda Özbekistonning eng yaxşi uç tennisçisi quyidagiça joylaşdi:
- Kamilla Rahimova – 78-örin (906 oçko);
- Mariya Timofeyeva – 79-örin (897 oçko);
- Polina Kudermetova – 109-örin (708 oçko).
Belaruslik Arina Sabalenka tomonidan elon qilingan yangilangan jahon reytingida birinçi örinni saqlab qoldi.
Sabalenka jami 99 hafta davomida jahon reytingi peşqadami bölib turibdi. Şu tariqa u uç karra “Katta dubulğa” turniri ğolibi va 1996 yilgi Olimpiya öyinlari çempioni amerikalik Lindsi Devenportni ortda qoldirdi.
Devenport öz vaqtida 98 hafta davomida reytingning birinçi poğonasini egallagan edi.