USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Dibala Italiyada qoladigan böldi

70 марта
Дибала Италияда қоладиган бўлди

Italiyaning “Roma” klubi argentinalik yarim himoyaçi Paulo Dibala bilan tuzilgan şartnomani uzaytirdi. Bu haqda Rim klubi matbuot xizmati xabar berdi. 

Tomonlar örtasidagi yangi kelişuv 2027 yil 30 iyunga qadar amal qiladi. 32 yoşli Dibala 2022 yildan buyon “Roma” şarafini himoya qilib kelmoqda. Şu vaqt davomida u jamoaning yetakçi futbolçilaridan biriga aylandi va klub safida barqaror öyinlari bilan ajralib turdi.

“Roma” va “La Joya” (Xazina) örtasidagi hikoya davom etadi. Hali yoziladigan köplab boblar bor. Birgalikda olğa, Paulo!”, deyiladi klub matbuot xizmati xabarida.

Argentinalik yarim himoyaçi faoliyati davomida Italiyaning “Palermo” va “Yuventus” klublarida ham töp surgan. “Yuventus” safida u beş marta A Seriya çempioni, tört marta Italiya kubogi va uç marta Italiya Superkubogi sohibi bölgan.

Dibala Argentina milliy terma jamoasi safida 2022 yilgi Jahon çempionati ğolibi bölgan. Şuningdek, öşa yili Italiya ustidan qozonilgan ğalaba ortidan Finalissima boş sovrinini ham qölga kiritgan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: