Mbappe Frantsiyaning mağlubiyati sabablarini aytdi
Frantsiya terma jamoasi sardori va hujumçisi Kilian Mbappe Ispaniyaga qarşi Jahon çempionatining yarim finalida jamoasi rejalaştirgan öyinni namoyiş eta olmaganini tan oldi. Bu haqda Mbappe öyindan keyingi jurnalistlarga bergan intervyusida söz oçdi.
Bugun, 15 iyul kuni Ispaniya terma jamoasi Jahon çempionatining yarim finalida Frantsiyani 2:0 hisobida mağlub etgan edi. Ğolib jamoa safida Mikel Oyarsabal 22-daqiqada penaltidan, Pedro Porro esa 58-daqiqada gol urdi.
“Biz texnik va taktik jihatdan rejalaştirgan öyinimizni körsata olmadik. Jahon çempionati yarim finalida qilinişi lozim bölgan işlarni bajarmasangiz, ğalaba qozona olmaysiz”, deydi Mbappe.
Frantsiya sardorining sözlariga köra, Ispaniya öz uslubidan voz keçmagan.
“Ispaniya öz öyin rejasiga sodiq qoldi. Ular töpni nazorat qilişni va öyin tempini boşqarişni yaxşi köradi. Bizning rejamiz ularga yuqori bosim ötkazib, öz ritmini örnatişiga yöl qöymaslik edi.”
Mbappening takidlaşiça, frantsuzlar töpni qaytarib olgan vaziyatlarda ham yetarliça sifatli harakat qila olmagan.
“Töpni qaytarib olganimizdan keyin ham birinçi teginişlarimiz talab darajasida bölmadi. Bunday holatlar mağlubiyatga olib keladi. Bu katta umidsizlik. Ammo xolisona aytadigan bölsam, bizda finalga çiqiş uçun barça zarur şart-şaroitlar mavjud emas edi”, dedi Frantsiya terma jamoasi sardori.
Eslatib ötamiz, Jahon çempionatining ikkinçi yarim finalida bugun, 15 iyul kuni Angliya va Argentina terma jamoalari özaro bahs olib boradi. Turnir finali esa 19 iyul kuni ötkaziladi.