Frantsiya Marokaşni mağlub etib, yarim finalga çiqdi
Frantsiya milliy terma jamoasi AQŞning Massaçusets ştatidagi Foksboro şahrida bölib ötgan Jahon çempionati çorak final bahsida Marokaşni 2:0 hisobida mağlub etdi. Natijada frantsuzlar turnir yarim finaliga yöl oldi.
Marokaşga qarşi bahsda Frantsuzlar safida gollarga 60-daqiqada Kilian Mbappe va 66-daqiqada Usmon Dembele mualliflik qildi.
Uşbu ğalabadan söng Frantsiya yarim finalga yöl oldi. Dide Deşam şogirdlari endi10 iyul kuni bölib ötadigan Ispaniya – Belgiya uçraşuvi ğolibi bilan kuç sinaşadi.
Frantsiya iştirokidagi yarim final bahsi joriy yilning 14 iyul kuni bölib ötadi.