Argentina ketma-ket ikkinçi marta Jahon çempionati finaliga çiqdi
Bugun, 16 iyul kuni 2026 yilgi Jahon çempionati yarim finalida Angliya va Argentina terma jamoalari özaro töqnaş keldi. Qizğin va murosasiz keçgan uçraşuv Argentinaning 2:1 hisobidagi ğalabasi bilan yakunlandi.
AQŞning Atlanta şahridagi “Mersedes-Bents” stadionida bölib ötgan bahsni amerikalik hakam Ismoil Elfat boşqardi.
Hisobni 55-daqiqada Angliya hujumçisi Entoni Gordon oçdi. Argentina 85-daqiqada Enso Fernandesning goli evaziga muvozanatni tikladi. Uçraşuvga qöşib berilgan vaqtning ikkinçi daqiqasida esa Lautaro Martines hal qiluvçi golni kiritib, janubiy amerikaliklarga final yöllanmasini taqdim etdi.
Şu tariqa, Argentina finalda Ispaniyaga qarşi maydonga tuşadi. Ispaniya yarim finalda Frantsiyani 2:0 hisobida mağlub etib, hal qiluvçi bosqiçga çiqqan edi.
2026 yilgi Jahon çempionati finali 19 iyul kuni bölib ötadi.