Zidan sabab Frantsiya qonunlarga özgartiriş kiritmoqçi
Zinedin Zidanning Frantsiya terma jamoasi boş murabbiyi etib tayinlanişi yangi maoş çeklovlari sabab qonunçilikka özgartiriş kiritmoqçi. Bu haqda “L’Équipe” naşri xabar berdi.
Malum qilinişiça, joriy yilning 8 iyul kuni Frantsiya Senati va Milliy assambleyasining qöşma komissiyasi tomonidan qabul qilingan qonunga muvofiq, milliy terma jamoa boş murabbiyining yillik maoşi 450 ming yevrodan oşmasligi kerak. Bu esa hozirgi boş murabbiy Dide Deşam olgan maoşdan qariyb ön barobar kam.
Şu bois Frantsiya futbol federatsiyasi (FFF) Zidanga yetakçi murabbiylar darajasida maoş taklif qiliş imkonini beriş uçun qonunçilikka tegişli özgartişlar kiritilişini kutmoqda. Buning uçun Frantsiyaning sport, yoşlar va jamoat işlari vaziri Marina Ferrarining roziligi talab etiladi.
Manbaga köra, federatsiya mazkur masala böyiça jiddiy tösiqlar bölişini kutmayapti va Zidan 2026 yilgi Jahon çempionatidan söng Dide Deşamning örnini egallaşi kutilmoqda.
Marina Ferrari ham Zidanni Frantsiya terma jamoasi uçun munosib nomzod deb atadi. Şu bilan birga, u yakuniy qarorni hukumat emas, balki Frantsiya futbol federatsiyasi qabul qilişini takidladi.
Malumot uçun, Dide Deşam boşçiligida Frantsiya terma jamoasi 186 ta uçraşuv ötkazib, 122 ğalaba, 32 durang va 32 mağlubiyat qayd etdi. Uning rahbarligida frantsuzlar 2018 yilgi Jahon çempionatida ğolib çiqqan, 2021 yilda esa Millatlar ligasi boş sovrinini qölga kiritgan.
Zinedin Zidanning sönggi iş joyi Madridning “Real” klubi bölgan. Dide Deşam boşçiligidagi Frantsiya terma jamoasining sönggi uçraşuvi joriy yilning 18 iyul kuni Mayami şahrida Jahon çempionatining uçinçi örni uçun Angliyaga qarşi bölib ötadi.