USD: 11,994 söm ▲ EUR: 13,420 söm ▲ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,088 söm ▲ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 27 söm ▼ TRY: 239 söm ▼ AED: 3,265 söm ▲ USD: 11,994 söm ▲ EUR: 13,420 söm ▲ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,088 söm ▲ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 27 söm ▼ TRY: 239 söm ▼ AED: 3,265 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Zidan Frantsiya terma jamoasi boş murabbiyiga aylanadi

104 марта
Зидан Франция терма жамоаси бош мураббийига айланади

Frantsiyalik mutaxassis Zinedin Zidan 2026 yilgi Jahon çempionatidan söng Frantsiya milliy terma jamoasi boş murabbiyi etib tayinlanadi. Bu haqda jurnalist Fabritsio Romano malum qildi.

Avvalroq, Frantsiya terma jamoasi Jahon çempionatining yarim finalida Ispaniyaga 2:0 hisobida mağlub bölib, final yöllanmasidan mahrum bölgan edi. Endi frantsuzlar musobaqada uçinçi örin uçun bahs olib boradi.

Turnir yakunlanganidan söng, 14 yil davomida terma jamoani boşqargan Dide Deşam öz lavozimini tark etadi.

54 yoşli Zidan murabbiylik faoliyatida sönggi marta Madridning “Real” klubini boşqargan. U 2016-2018 va 2019-2021 yillarda “qirollik klubi” rulida turib, jamoa bilan uç marta Çempionlar ligasi, ikki marta Ispaniya çempionati va ikki marta Ispaniya Superkubogida ğolib çiqqan.

Futbolçilik faoliyati davomida Zidan Frantsiyaning “Kan” va “Bordo”, Italiyaning “Yuventus”, şuningdek, Ispaniyaning “Real Madrid” klublari şarafini himoya qilgan. U “Real” bilan 2003 yilda Ispaniya çempioni bölgan, 2002 yilgi Çempionlar ligasi finalida esa Leverkuzenning “Bayer” jamoasiga qarşi uçraşuvda hal qiluvçi golni kiritib, jamoasiga ğalaba keltirgan. “Yuventus” safida Zidan ikki marta Italiya çempioni bölgan.

Frantsiya milliy terma jamoasi tarkibida u 108 ta uçraşuvda maydonga tuşib, 31 ta gol urgan va 29 ta golli uzatmani amalga oşirgan. Zidan 1998 yilgi Jahon çempionati ğolibi, 2006 yilgi mundial kumuş medali sohibi hamda 2000 yilgi Yevropa çempioni hisoblanadi.
 

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: