Kurtua terma jamoadan bir yillik tanaffus olmoqçi
Belgiya milliy terma jamoasi darvozaboni Tibo Kurtua 2026 yilgi Jahon çempionati yakunlanganidan söng terma jamoadagi faoliyatidan bir muddat tanaffus qiliş niyatida ekanini malum qildi. Bu haqda jurnalist Alberto Pereyro xabar berdi.
Keça, 11 iyul kuni Jahon çempionati çorak finalida Ispaniyaga qarşi keçgan uçraşuvda (1:2) 34 yoşli darvozabon jarohat oldi va 71-daqiqada köz yoşlari bilan maydonni tark etdi. Uning örniga maydonga tuşgan Senne Lammens esa Belgiyaning mağlubiyatiga olib kelgan hal qiluvçi xatoga yöl qöydi.
“Men bir yillik tanaffus olib, keyin Jahon çempionatining saralaş bosqiçi hamda Yevropa çempionatida yana terma jamoa safida öynaşni xohlayman. Belgiya futbol federatsiyasi rahbariyati bu rejamni qöllab-quvvatlaydimi yoki yöqmi, bilmayman”, dedi Kurtua.
Darvozabon bundan avval ham 2026 yilgi Jahon çempionatidan keyin milliy jamoadagi faoliyatini yakunlaşi mumkinligini aytgan va buni jismoniy holati bilan izohlagan edi.
“Menimça, yana tört yil davomida şu suratda öynaşni davom ettira olmayman”, degandi u.
Malumot uçun, Kurtua 2018 yildan buyon Madridning “Real” klubi şarafini himoya qilib kelmoqda. U “qaymoqranglilar” safida uç marta Ispaniya çempioni, ikki karra Çempionlar ligasi, UEFA Superkubogi va Ispaniya Superkubogi ğolibi bölgan. Şuningdek, u bir marta Ispaniya Qirol kubogi, FIFA Klublar örtasidagi Jahon çempionati hamda Qitalararo kubokni qölga kiritgan.
Faoliyati davomida Kurtua Belgiyaning “Genk”, Angliyaning “Çelsi” va Ispaniyaning “Atletiko Madrid” klublari safida ham töp surgan.
U 2018 yil Rossiyada bölib ötgan Jahon çempionatida Belgiya milliy terma jamoasi bilan bronza medalini qölga kiritgan. Tibo Kurtua Belgiya milliy terma jamoasi safida jami 115 ta uçraşuvda maydonga tuşgan.