Modriç terma jamoadagi faoliyatini yakunladi
Xorvatiya milliy terma jamoasi afsonasi Luka Modriç milliy jamoadagi faoliyatini yakunladi. Bu haqda insayder Fabritsio Romano malum qildi.
“Öyin tugagaç, Kriştianu Ronaldu Luka Modriçning oldiga borib, unga hurmat bajo keltirdi. Bu Modriçning milliy terma jamoadagi sönggi uçraşuvi edi.
Ikki futbol afsonasi. Hurmat”, deb yozdi Romano.
Jahon çempionati 1/16 finali doirasidagi Portugaliya – Xorvatiya bahsi Portugaliyaning 2:1 hisobidagi ğalabasi bilan yakunlandi. Kanadaning Toronto şahridagi “BMO Field” stadionida bölib ötgan uçraşuvda Modriç töliq 90 daqiqa harakat qildi. Kriştianu Ronaldu esa 68-daqiqada penaltidan gol urdi va ikkinçi bölim oxirida maydonni tark etdi.
Luka Modriç Xorvatiya milliy terma jamoasidagi debyutini 2006 yilning mart oyida ötkazgan. U milliy jamoa tarixida eng köp öyin ötkazgan futbolçi hisoblanadi. Modriç Xorvatiya safida 200 ta uçraşuvda maydonga tuşib, 27 ta gol urdi va 29 ta golli uzatmani amalga oşirdi.
Şuningdek, u 2026 yilgi Jahon çempionatida milliy terma jamoa safida 200 ta öyin ötkazgan jahon futboli tarixidagi törtinçi futbolçiga aylandi. Undan avval bu natijaga Kriştianu Ronaldu, Lionel Messi va Bader Al-Mutva erişgan edi.