Portugaliya terma jamoasi murabbiyi Xorvatiya bilan öyin oldidan: "Bu Ronalduning sönggi raqsi bölmaydi deb umid qilamiz"
2-07-2026, 12:35
48 марта

Portugaliya terma jamoasi murabbiyi Xorvatiya bilan öyin oldidan: "Bu Ronalduning sönggi raqsi bölmaydi deb umid qilamiz"
Portugaliya terma jamoasi boş murabbiyi Roberto Martines jahon çempionati 1/16 finali doirasidagi Xorvatiyaga qarşi öyin oldidan öz kutişlari bilan örtoqlaşdi.
"Xorvatiya har doim yaxşi öynaydi, ular töpga egalik qilişni yaxşi körişadi, bu juda kuçli
futbolçilarga ega bölgan, texnik jihatdan saviyali jamoa. Keyin ular vaziyatga qarab özgartirişlar kiritişadi. Angliyaga qarşi öyinda ular juda yuqori pressingni sinab körişdi, keyin esa pragmatik jamoaga aylanişdi. Ertaga töp bilan öyinni nazorat qila biliş muhim jihat böladi. Syurprizlar yöq, jamoalar bir-birlarini yaxşi bilişadi.
Bu Modriç va Ronaldu uçun terma jamoadagi xayrlaşuv turniri bölişi mumkinmi? Ular — afsonalar, şunday örnaklar bölişi juda muhim. Bu Ronalduning sönggi raqsi bölmaydi deb umid qilamiz", — deya Martinesning sözlarini keltiradi O Jogo.
Portugaliya va Xorvatiya terma jamoalari örtasidagi öyin 3 iyul kuni Toşkent vaqti bilan soat 4:00 da bölib ötadi.