USD: 11,942 söm ▼ EUR: 13,383 söm ▼ RUB: 148 söm ▼ GBP: 16,017 söm ▼ CNY: 1,796 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 239 söm ▼ AED: 3,251 söm ▼ USD: 11,942 söm ▼ EUR: 13,383 söm ▼ RUB: 148 söm ▼ GBP: 16,017 söm ▼ CNY: 1,796 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 239 söm ▼ AED: 3,251 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Biz bu yerga özbeklarning mentalitetini körsatiş uçun kelganmiz – Kannavaro

124 марта
Биз бу ерга ўзбекларнинг менталитетини кўрсатиш учун келганмиз – Каннаваро

Özbekiston milliy terma jamoasi boş murabbiyi Fabio Kannavaro Kolumbiyaga qarşi öyin oldidan raqib öyini batafsil tahlil qilinganini aytdi. Bu haqda Kannavaro öyin ötkazilgan matbuot anjumanida söz oçdi.

“Bu biz uçun ilk Jahon çempionati. Ertaga butun mamlakat bizga muxlislik qiladi. Barça futbolçilar uçraşuvga tayyor”, deydi Kannavaro.

Murabbiy terma jamoa himoyaçisi Abduqodir Husanov haqida ham töxtalib ötdi.

“Husanov albatta muhim himoyaçilarimizdan biri. Uning yanada yuqori darajaga çiqiş imkoniyati bor. Ayni paytda ham u yuqori saviyada öyin körsatmoqda”, deydi italiyalik mutaxassis.

Kannavaroning takidlaşiça, Özbekiston terma jamoasi mundialda nafaqat natija, balki özbek xalqining xarakterini ham namoyiş etişni maqsad qilgan.

“Biz bu yerga eng yaxşi fazilatlarimizni, özbeklarning mentalitetini körsatiş uçun kelganmiz. Men jamoa bilan işlaş jarayonida öz tajribamni ulaşişga harakat qildim. Çunki men ham öz vaqtida Jahon çempionatida debyut qilganman va futbolçilarga şu tajribalarni yetkazişga intildim”, dedi u.

Fabio Kannavaro Kolumbiya va Portugaliyani guruhdagi eng kuçli raqiblar sifatida baholadi.

“Kolumbiya va Portugaliya yuqori darajadagi futbol namoyiş etadi. Ularning tarkibida kuçli ijroçilar jamlangan. Şuning uçun ularga qarşi ehtiyotkorlik bilan harakat qilamiz. Kolumbiyada faqat Xames Rodriges emas, boşqa köplab yuqori saviyadagi futbolçilar ham bor. Kolumbiyani yaxşi örgandik. Ular har bir vaziyat uçun oxirigaça kuraşadi. Biz ham öz imkoniyatlarimizni namoyiş etiş uçun maydonga tuşamiz”, deydi Özbekiston terma jamoasi boş murabbiyi.

Malumot uçun, Özbekiston milliy terma jamoasi ertaga, 18 iyun kuni Kolumbiya terma jamoasiga qarşi Jahon çempionatidagi dastlabki uçraşuvini ötkazadi. Uşbu bahs Toşkent vaqti bilan tongi soat 07:00 da boşlanadi. Şundan söng, terma jamoa Xyustonda 23 iyun kuni Portugaliya bilan, 27 iyun kuni esa Atalantada Kongo Demokratik Respublikasi bilan bahs olib boradi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: