USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Omadim bor ekan, juda aqlli öyinçilarga egaman – Fabio Kannavaro

185 марта
Omadim bor ekan, juda aqlli öyinçilarga egaman – Fabio Kannavaro 

Özbekiston milliy jamoasi boş murabbiyi Fabio Kannavaro Al Ain Cup xalqaro turniri finalidan örin olgan Eronga (0:0, pen. 4:3) qarşi öyindan keyin öz fikrlarini aytdi.

Özbekiston milliy jamoasi boş murabbiyi Fabio Kannavaro Al Ain Cup finalidan keyin matbuot anjumanida iştirok etib, savollarga javob qaytardi.
- Ğalaba qozoniş har doim yoqimli, futbolçilar, muxlislar xursand. Eronga qarşi öyin oson bölmadi. Har doim kuraşiş kerak. Eron juda kuçli, ularga qarşi böşaşib bölmaydi. Birinçi taymda öyinni nazorat qildik, juda yaxşi öynadik. Uçta yaxşi imkoniyatdan foydalana olmadik. Ikkinçi taymda gol urolmadik, öyin penaltilar seriyasigaça bordi. Raqib darvozamiz oldida imkoniyat yaratmadi. Albatta qizil kartadan keyin öyin qiyinlaşdi. 
Futbolçilarimning mentalitetidan xursandman. Bir öyinçi kam bölsak ham, raqibga heç qanday imkoniyat bermadik. 



- Eron Osiyodagi eng kuçli jamoalardan biri, juda yaxşi futbolçilarga ega. Futbolçilarim qizil kartadan keyin qiyinçiliklarga yanada köproq bardoş bera olişini tuşundi, bir jamoa bölib öynadi. Bunday kuçli jamoaga qarşi kamçilik bölib öynaş har doim qiyin.  
- Birinçi kuni aytganimdek, köp narsani özgartirişni xohlamayman, faqat bazi jihatlarni yaxşilaşni istayman. Biz köproq himoya orqali hujumga ötişga harakat qildik. Köproq muvozanatga, yuqori pressingga harakat qildik. Bu oddiy narsalar, öziga xos jihati yöq. Jahon çempionatigaça vaqt köpmas, köp narsani özgartira olmaymiz. Lekin omadim bor, juda aqlli öyinçilarga egaman. Ular maşğulotlardan zavq olyapti. Terma jamoada içki muhit ham yaxşi. Jamoani jismoniy taraflama yaxşilaşimiz kerak. Mart oyida yana köramiz, jamoani jismoniy taraflama yaxşilaşimiz kerak.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: