«Xorazm» boş murabbiyi Hakim Fuzaylov Superliga 7-turidan örin olgan «Qöqon-1912»ga (0:1) qarşi öyindan keyin öz fikrlarini aytdi
27-04-2025, 01:58
491 марта
«Xorazm» boş murabbiyi Hakim Fuzaylov Superliga 7-turidan örin olgan «Qöqon-1912»ga (0:1) qarşi öyindan keyin öz fikrlarini aytdi▪️Qiziqarli öyin böldi, ammo afsuski, biz mağlubiyatga uçradik. Biz töpga köproq egalik qildik va vaziyatlarga ega böldik, biroq raqib qarşi hujumda samarali öynadi. Yigitlarga etirozim yöq, faqat gol uriş va sönggi paslarda oqsadik.
▪️Futbolçilarning jismoniy holatiga köra pozitsiya böyiça özgarişlar qildik. Biz faqat hujumlarni yakunlay olmadik, xolos. Biz raqibdan yaxşiroq öynadik, ular himoyaga tayanib qolişgandi. Futbolda bunday öyinlar uçrab turadi.
▪️Boş murrabiyga har doim futbolçilar yetişmaydi. Biz Superligada öynaşimiz haqida juda keç xabar topdik. Lekin şunga qaramay, biz munosib öyin namoyiş etmoqdamiz, biroq oçkolar yöqotayotganimiz yaxşi emas. Şunday öynaşda davom etsak va vaziyatlardan yaxşiroq foydalana boşlasak, ançagina raqobatbardoş jamoa bölamiz.
▪️Mendagi malumotlarga köra, stadionimiz maydoni tayyor bölgan. VAR tizimi keçikayotgani tufayli, taxminan iyun oylarida Urgançga qaytamiz. Muxlislarimiz katta futbolni soğinib qolişdi.