Fabio Kannavaro: “Futbolçilar men söragan narsani bajara olişdi”
10-10-2025, 07:41
94 марта

Fabio Kannavaro: “Futbolçilar men söragan narsani bajara olişdi”
Özbekiston milliy terma jamoasi xalqaro örtoqlik uçraşuvlari doirasida Kuvaytni Toşkentdagi “Olimpiya” stadionida qabul qilib, 2:0 hisobida ğalaba qozondi. Uçraşuvdan keyin Özbekiston terma jamoasi boş murabbiyi Fabio Kannavaro matbuot anjumanida iştirok etib, jurnalistlarning savollariga javob qaytardi.Keça aytganimdek, heç bir öyin oson bölmaydi. Har bir raqibni jiddiy qabul qiliş kerak. Uçraşuvni yaxşi boşladik. Maşğulotlarda işlagan ğoyalarimiz iş berdi. Futbolçilar meni eşitayotganidan mamnunman. Biroq hali işlaşimiz kerak bölgan jihatlar köp. Ğalaba bilan boşlaşimiz muhim edi. Endi menda futbolçilar haqida köproq malumot bor.Negativlar doimo böladigan holat. Şu vaqtga qadar tanqidlar bölmaganmi? Albatta, bölgan. Lekin ularga etibor qaratmayman. Doimo öz işim haqida öylayman. Muvaffaqiyatsizlikka uçrayotgan odamni ham hurmat qiliş kerak. Men futbolçilarga bir oz agressiv bölişlarini aytdim. Töpsiz öynaş ustida işlaşimiz kerak. Raqib pressing qilmagan taqdirda ham bunga tayyor böliş kerak. Birinçi gol maşğulotlar mevasi. Penaltini futbolçilar amalga oşiradi, biroq avval uni his qiliş kerak. Buning ustida işlaşda davom etamiz. Futbolda hamma narsani maşğulotlar orqali rivojlantiriş mumkin, deydi Kannavaro.
Fayzullayevning holati yaxşi. Bu borada şifokorlar bilan gaplaşdik. Öz ustimizda işlaşda davom etişimiz kerak. Ğalaba qozonayotgan vaqtda köproq nazoratga urğu beriş zarur. Hisob 2:0 bölib turgan vaqtda oddiy holda töpni yöqotdik; raqibga imkon bermaslik eng muhimi. Biroq futbolçilar men ulardan söraganimni bajara olişdi.
Töp nazorati ustida işlaşimiz zarur. Maydonda 90 daqiqa davomida faqat yuguriş imkonsiz. Şu sabab, futbolçilardan bir-birini yaxşiroq tuşuniş talab etiladi.
Bizning futbol köp narsani öz içiga oladi. Umid qilamanki, futbolçilar bilan köproq gaplaşamiz. Garçi doimo birga bölmasak-da, ularga işonç berib, videolar orqali işlaşga harakat qilamiz.