Urugvayga qarşi öyin oldidan Fabio Kannavaro nimalar dedi?
12-10-2025, 17:22
369 марта

Urugvayga qarşi öyin oldidan Fabio Kannavaro nimalar dedi?
Ertaga Özbekiston termasi Urugvayga qarşi örtoqlik öyini ötkazadi.Uşbu uçraşuv oldidan milliy termamiz boş murabbiyi Fabio Kannavaro matbuot anjumanida iştirok etdi.
- Biz bu yerga keça yetib keldik va tiklaniş maşğulotlarini olib bordik. Bu öyin oldingisidan farqli böladi. Çunki biz dunyoning eng yaxşi termalaridan, qolaversa, eng yaxşi murabbiylardan biriga qarşi öynaymiz. Albatta, bu qiyin böladi. Lekin biz qörqmaymiz, özimizni körsatişni istaymiz. Bu örtoqlik öyini bölsa-da, yuz foiz kuçimizni işlatib, maydonda borimizni beramiz.
Bu özimizni körsatiş uçun juda yaxşi imkoniyat. Köproq töpni nazorat qilişga etibor berişimiz kerak. Çunki töpni raqibga beriş kerak emas. Öyin davomida raqiblarga etiborli bölişimiz talab qilinadi. Umid qilamizki, ertaga köproq töp nazoratimizda köproq böladi.
Raqibni biz tanlamaymiz. Ertaga bizni jahonning eng kuçli termalaridan biriga qarşi öyin kutib turibdi. Biz doimo şunday uçraşuvlarga tayyorgarlik körişimiz kerak.
Yutqazganimizdan keyin bizni gullar bilan kutib olişadi deb öylamayman. Barçasi oddiy, biz natija haqida öylaşimiz kerak. Bu örtoqlik öyini, lekin katta kuç bilan mehnat qiliş kerak. Hamjihatlikda, birgalikda işlaşimiz kerak. Örtoqlik öyini bölişiga qaramasdan hamma narsani inobatga olişimiz talab qilinadi. Nimagadir tayyorlaniş uçun bunday öyinlar yaxşi imkoniyat. Çunki jahon çempionati vaqtida bunga vaqtimiz bölmaydi. Albatta, bu mening fikrim. Qolganlarning ham fikrini hurmat qilaman. Bizni uzoq safar kutib turibdi. Şu sababli biz barçasiga töğri qaraşimiz kerak. Futbolçilarni şunça yölga olib borib, ularni çarçatib, şunçaki maşğulot uçun olib keliş kerak emas. Oldimizda 8 oy vaqt bor, barçaning öyinlarini töliq kuzatamiz.