Ğalaba uçun barça imkoniyatlarni işga solamiz – Kannavaro
Özbekiston milliy terma jamoasi boş murabbiyi Fabio Kannavaro Jahon çempionati guruh bosqiçi sönggi turidan örin olgan Kongoga qarşi bahsda ğalaba qozoniş uçun maydonga çiqişini aytdi. Bu haqda Kannavaro öyin oldidan ötkazilgan matbuot anjumanida söz oçdi.
Italiyalik mutaxassis raqib haqida töxtalib, Kongo kuçli va tajribali jamoa ekanini takidladi.
“Kongo juda yaxşi jamoa. Ular tajribali va jismonan yaxşi tayyorgarlikka ega. Biroq biz ularni mağlub etiş uçun harakat qilamiz. Ertagagi öyin boşqaça böladi, çunki biz avvalgi ikki turda eng yuqori saviyadagi raqiblarga qarşi maydonga tuşdik. Oxirgi uçraşuvni tahlil qildik va xulosalar çiqardik”, deydi Kannavaro.
Şuningdek, Özbekiston milliy terma jamoasi ustozi darvozabonlar tanloviga ham alohida izoh berdi.
“Birinçi öyinda Yusupov yaxşi harakat qildi. Biz boşqa darvozabonimizga ham imkoniyat berişni istadik. Jamoamizda yuqori saviyadagi uç nafar darvozabon bor. Men har bir futbolçiga imkoniyat berişga harakat qilyapman, çunki bu ular uçun muhim tajriba”, deydi u.
Murabbiyning aytişiça, Jahon çempionati Özbekiston terma jamoasi uçun katta tajriba maktabiga aylanmoqda.
“Biz bu turnirda juda köp narsani örganyapmiz. Jamoa sifatida ösişimiz mumkin, çunki yuqori darajadagi raqiblarga qarşi öynayapmiz. Ertangi bahs ham rivojlanişimizga xizmat qiladi”, deya qöşimça qildi Kannavaro.
Italiyalik mutaxassis futbolçilardan bosimni olib taşlaşga harakat qilganini ham takidladi.
“Ilk kunlardanoq futbolçilarga bosimni his qilmaslik kerakligini aytdim. Qura taşlanganidan keyin ham ularga erkin öynaş kerakligini takidladim”.
Şuningdek, u Kongoga qarşi bahsda jamoa ğalaba uçun maydonga tuşişini bildirdi.
“Avvalgi ikki öyinda juda kuçli raqiblarga qarşi öynadik. Şu bois ertangi bahs boşqaça ötadi. Men murabbiy sifatida öyin sifatini oşirişga va futbolçilarga yordam berişga harakat qilaman. Qölimizdan kelgan barça imkoniyatni işga solib, ğalaba qozoniş uçun harakat qilamiz”, deydi Fabio Kannavaro.
Eslatib ötamiz, Özbekiston va Kongo Demokratik Respublikasi terma jamoalari örtasidagi uçraşuv ertaga, 28 iyun kuni Toşkent vaqti bilan 4:30 da boşlanadi. Jahon çempionatidagi yurişini davom ettirişi uçun Özbekiston terma jamoasi raqibni 5 ta töp farqi bilan mağlubiyatga uçratişi kerak böladi. Pley-offga çiqiş uçun Kongo DR terma jamoasiga har qanday hisobdagi ğalaba qanoatlantiradi.