USD: 11,942 söm ▼ EUR: 13,383 söm ▼ RUB: 148 söm ▼ GBP: 16,017 söm ▼ CNY: 1,796 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 239 söm ▼ AED: 3,251 söm ▼ USD: 11,942 söm ▼ EUR: 13,383 söm ▼ RUB: 148 söm ▼ GBP: 16,017 söm ▼ CNY: 1,796 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 239 söm ▼ AED: 3,251 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Futbolçilarimdan ğururlanaman. Ular yaxşi öynadi – Kannavaro

206 марта
Футболчиларимдан ғурурланаман. Улар яхши ўйнади – Каннаваро

Özbekiston milliy terma jamoasi boş murabbiyi Fabio Kannavaro Kolumbiyaga qarşi uçraşuvdan keyin matbuot anjumanida öyin haqida öz fikrlarini bildirdi.

Murabbiyning takidlaşiça, jamoa ikkinçi bölimda öyinni özgartira olgan va taşabbusni qölga olişga harakat qilgan.

"Öyin qiziqarli ötdi. Ikkinçi bölimda biz öyinni özgartirişga erişdik. Çap qanotdan imkoniyatlar yaratdik. Öyin nazoratini öz qölimizga olişga harakat qildik", dedi Kannavaro.

Boş murabbiy Özbekiston terma jamoasining Jahon çempionatida iştirok etayotgani mamlakat futboli uçun muhim voqea ekanini takidladi.

"Avvalambor, biz Özbekistonni butun dunyoga ijobiy namoyiş etiş uçun bu yerga keldik. Kolumbiya singari jamoalarga qarşi öynaş, töpsiz harakat qiliş oson emas. Umuman olganda, ikkinçi bölimda yaxşi harakat qildik, biroq afsuski gol ötkazib yubordik", dedi u.

Kannavaro mazkur bahsni tarixiy öyin sifatida baholar ekan, jamoa kelgusida xatolar ustida işlaşini qayd etdi.

"Biz bu stadiondagi uşbu öyinni eslab qolamiz. Çunki bu tarixiy öyin. Biz Jahon çempionatidamiz. Bugungi öyin biz uçun yaxşi böldi, deb ayta olaman. Xatolar böldi, ular ustida işlaymiz. Futbolçilarimdan ğururlanaman. Ular yaxşi öynaşdi. Bugun qiyin öyin böldi. Bunday stadionda, muxlislar qarşisida öynaş oson emas. Lekin bu sizga köproq motivatsiya berişi ham mumkin", dedi Fabio Kannavaro.

Eslatib ötamiz, bugun, 18 iyun kuni Özbekiston milliy terma jamoasi öz tarixidagi ilk Jahon çempionati uçraşuvida maydonga tuşdi. Unda Fabio Kannavaro şogirdlari Kolumbiyaga qarşi bahs olib borib, 1:3 hisobida mağlubiyatga uçradi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: