Köplab ijobiy jihatlarni körsata oldik – Kannavaro
9-06-2026, 13:32
130 марта

Köplab ijobiy jihatlarni körsata oldik – Kannavaro
Bugun, 8 iyundan 9 iyunga ötar keçasi Özbekiston milliy terma jamoasi Jahon çempionati oldidan Niderlandiya terma jamoasiga qarşi örtoqlik uçraşuvida maydonga tuşdi. Uçraşuvda Fabio Kannavaro şogirdlari 1:2 hisobida mağlubiyatga uçradi. Bahs yakunlanganidan söng Özbekiston milliy terma jamoasi boş murabbiyi Fabio Kannavaro öyin haqida öz fikrlari bilan örtoqlaşdi.“Menimça, biz köplab ijobiy jihatlarni körsata oldik. Hisob 1:0 bölganidan keyin ham maydondagi tartib va “liniya”ni yöqotmadik. Jamoa bölib harakat qilişda davom etdik va oxirigaça kuraşdik. Bunday darajadagi milliy jamoalarga qarşi öynaş oson emas. Biroq jamoam öyinida köplab ijobiy jihatlarni kördim. Bizga aynan şunday öyinlar kerak. Çunki bunday raqiblarga qarşi maydonga tuşganingizda doimo nimanidir örganasiz va tajriba orttirasiz. Umuman olganda, uçraşuvdan mamnunman”, dedi Kannavaro.Şuningdek, Özbekiston terma jamoasi boş murabbbiyi himoyada yuzaga kelgan xatolar haqida töxtalar ekan bunday xatolarsiz öynab bölmasligini takidladi va şuningdek himoyada köplab ijobiy jihatlarni körganini aytdi.
“Tayyorgarlikni bir oydan ham köproq vaqt oldin boşlaganmiz, legioner futbolçilarimiz esa keyinroq jamoaga qöşildi. Şunga qaramay, jismoniy tayyorgarlik borasida yaxşi iş olib borganimizga işonaman. Albatta, ayrim futbolçilar bilan boğliq hali hal etişimiz kerak bölgan masalalar ham bor va biz ular ustida işlaşda davom etamiz”, deya javob berdi murabbiy.