Birinçi bölimda jamoamda köplab ijobiy jihatlarni kördim – Kannavaro
2-06-2026, 11:29
228 марта

Birinçi bölimda jamoamda köplab ijobiy jihatlarni kördim – Kannavaro
Bugun, 2 iyun kuni Kanadaning Edmonton şahrida Özbekiston terma jamoasi Kanadaga 0:2 hisobida mağlubiyatga uçradi. Öyindan söng Özbekiston terma jamoasi boş murabbiyi Fabio Kannavaro uçraşuv haqida öz fikrlarini bildirib ötdi.“Har qanday uçraşuvlarda albatta xatolar böladi. Xatolarni 10 kundan keyingi öyinlarda emas, aynan mana şunday örtoqlik öyinlarida qilgan yaxşiroq. Futbol şunday. Birinçi bölimda jamoamiz ixçam va agressiv öynadi. Ikkinçi bölimda esa töp nazoratini köproq qölga olişni xohladik. Ammo intensivlikni yöqotdik va bir neçta xatolarga yöl qöydik”, deydi Kannavaro.Şuningdek Kannavaro futbolçilardan aynan birinçi bölimdagidek jadallikni kutganini va terma jamoaga kelganimdan beri yuqori tezlikda öynaş ustida işlaganini takidladi.
“Osiyo futboli bilan xalqaro futbol örtasidagi farqni yaxşi bilaman. Bu oson emas, ammo birinçi bölimda jamoamda köplab ijobiy jihatlarni kördim. Men Kanada terma jamoasini ançadan beri kuzatib boraman. U yerda köplab döstlarim bor. Sönggi uç-tört yil içida jamoa sezilarli darajada ösdi. Futbol Kanadada juda ommalaşdi”, deydi Özbekiston terma jamoasi ustozi.Fabio Kannavaro öyinda jarohat olgan futbolçilar jumladan Aziz Ğaniyevning holati haqida ham malumot berdi.
“Yuqori tezlikda öynaganda jarohatlar bölib turadi. Hozirça jiddiy narsa yöq. Ertaga va indinga köramiz. Menimça, bugun hamma uçun eng katta muammo sovuq ob-havo böldi. Şunga qaramay, köplab muxlislar stadionga kelişdi. Bunday qöllab-quvvatlaş ostida öynaş biz uçun juda yoqimli böldi. Bunday stadionda öynaş imkoniyatiga ega bölsangiz, bundan zavqlanişingiz va buni qadrlaşingiz kerak. Bizni qöllab-quvvatlaş uçun kelgan muxlislarga rahmat aytişimiz kerak. Bugun bu sovuq havoda stadionga keliş oson bölmadi”.