Vozinya Kasilyasni ham ortda qoldirdi
Kabo-Verde milliy terma jamoasi darvozaboni Vozinya Instagram’da öz pozitsiyasida eng köp obunaçiga ega futbolçiga aylandi. Bu borada u hatto jahon afsonasi Iker Kasilyasni ham ortda qoldirdi.
Jahon çempionati 1/16 finalida Argentinaga qarşi öyindan söng (qöşimça bölimlarda 2:3) Vózinyaning sahifasidagi obunaçilar soni 21,5 millionga yetdi. U avval 2026 yilgi Jahon çempionatida eng köp obunaçiga ega darvozabonga aylanib, belgiyalik Tibo Kurtuani (18 million) ortda qoldirdi. Keyin esa Jahon çempionati ğolibi Iker Kasilyasni (20,4 million) ham ortda qoldirib, faoliyatini yakunlagan darvozabonlar bilan umumiy röyxatda birinçi öringa çiqdi.
Turnirdan avval Afrika terma jamoasi futbolçisining akkauntida taxminan 50 ming obunaçi bor edi. Uning auditoriyasi guruh bosqiçida Ispaniyaga qarşi ilk öyindan (0:0) keyin keskin ösişni boşladi. Öşa uçraşuvdan söng Vozinya 10 milliondan ortiq obunaçiga ega böldi.
Malumot uçun, Vozinya 40 yoşda. U Portugaliyaning ikkinçi divizionida iştirok etuvçi “Şaveş” klubida töp suradi.
“Transfermarkt” portali malumotiga köra, uning transfer qiymati 50 ming yevroga baholangan. Darvozabon faoliyati davomida Portugaliyaning “Jil Visente”, Moldovaning “Zimbru”, Kiprning “AYeL Limasol” va Slovakiyaning “Trençin” jamoalarida ham öynagan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Kabo-Verde terma jamoasi Argentinaga mağlub bölib, Jahon çempionatini tark etgani haqida xabar berilgan edi. Bu Kabo-Verde terma jamoasining Jahon çempionatidagi ilk iştiroki edi.