“Barselona”ning sobiq futbolçisi Meksika murabbiyi böldi
“Barselona”ning sobiq himoyaçisi Rafael Markes Meksika milliy terma jamoasi boş murabbiyi etib tayinlandi. Bu haqda mamlakat futbol federatsiyasi matbuot xizmati rasman xabar berdi.
47 yoşli mutaxassis bilan 2030 yilgaça möljallangan şartnoma imzolandi. U bu lavozimda 2024 yil iyulidan beri jamoani boşqarib kelgan Xaver Agirreni almaştirdi.
Agirre rahbarligida Meksika terma jamoasi 2026 yilgi Jahon çempionatining 1/8 finaligaça yetib bordi. Jamoa uşbu bosqiçda Angliyaga 3:2 hisobida mağlub böldi. Şu bilan birga, Meksika terma jamoasi 40 yildan söng ilk bor Jahon çempionati pley-off bosqiçida ğalaba qozonişga erişdi.
Rafael Markes futbolçilik faoliyati davomida 2003–2010 yillarda “Barselona” safida töp tepgan. U klub bilan tört marta Ispaniya çempioni, bir marta Ispaniya kubogi sohibi, uç marta Ispaniya Superkubogi ğolibi, ikki marta Çempionlar ligasi, bir marta UEFA Superkubogi hamda bir marta klublar örtasidagi jahon çempionati ğolibi bölgan.
Bundan taşqari, u Meksikaning “Atlas” va “Leon”, Frantsiyaning “Monako”, Italiyaning “Verona” hamda AQŞning “Nyu-York Red Bullz” klublarida ham faoliyat yuritgan.
Meksika terma jamoasi safida Markes 1999 yilgi Konfederatsiyalar kubogi, 2003 va 2011 yillarda KONKAKAF Oltin kubogi ğolibi bölgan. Şuningdek, u Kopa Amerika musobaqasida bir marta kumuş va ikki marta bronza medallarini qölga kiritgan.