Ispaniya Italiyaning rekordini takrorladi
Ispaniya milliy terma jamoasi rasmiy uçraşuvlardagi mağlubiyatsiz seriya böyiça Italiya terma jamoasining tarixiy rekordini takrorladi.
2026 yilgi Jahon çempionati yarim finalida Frantsiya ustidan qozonilgan 2:0 hisobidagi ğalabadan söng, ispanlar rasmiy musobaqalardagi mağlubiyatsiz seriyasini 37 ta öyinga yetkazdi.
Ispaniya terma jamoasi sönggi marta 2024 yil 22 mart kuni örtoqlik uçraşuvida Kolumbiyaga 0:1 hisobida mağlub bölgan edi.
Şu tariqa, Luis de la Fuentening şogirdlari Italiya terma jamoasining 2018-2021 yillar oraliğida qayd etgan 37 öyinlik mağlubiyatsiz seriyasiga tenglaşdi.
Eslatib ötamiz, Ispaniya terma jamoasi joriy yilning 19 iyul kuni bölib ötadigan Jahon çempionati finalida Angliya – Argentina uçraşuvining ğolibi bilan kuç sinaşadi. Ikkinçi yarim final bahsi bugun, 15 iyul kuni bölib ötadi.