JÇ finalini boşqaradigan hakam kimligi malum böldi
Argentina va Ispaniya örtasida bölib ötadigan 2026 yilgi Jahon çempionati finaliga xizmat qiladigan hakamlar brigadasini elon qildi. Bu haqda rasmiy malumotni FIFA sahifasida elon qilindi.
Finalni sloveniyalik tajribali hakam Slavko Vinçiç boşqaradi. Unga qanotlarda hamyurtlari Tomaj Klançnik va Andraj Kovaçiç yordam beradi. Törtinçi hakam vazifasini BAA vakili Adham Mahadmeh bajaradi. Zaxira yordamçi hakam etib esa Muhammad Alkalaf tayinlangan.
46 yoşli Vinçiç turnir davomida uçta uçraşuvda işladi. U Braziliya – Marokaş (1:1), Jazoir – Iordaniya (2:1) guruh bosqiçi hamda Meksika – Ekvador (2:0) 1/16 final bahslarini boşqardi. U Yevropaning eng tajribali va nufuzli hakamlaridan biri sanaladi. Şunga qaramay, aynan uning finalga tayinlanişi köpçilik uçun kutilmagan qaror böldi.
Avvalroq köpçilik mutaxassislar finalni polyak hakami Şimon Marçinyak boşqarişini taxmin qilayotgandi. Biroq u pley-off bosqiçida birorta ham uçraşuvga tayinlanmadi. Ayrim naşrlar bu holatni uning Argentina – Jazoir uçraşuvida Lionel Messiga sariq kartoçka körsatmagani bilan boğliq bahslar tasir qilgan bölişi mumkinligi bilan izohlamoqda.
Slavko Vinçiç nomi Argentina muxlislariga yaxşi taniş. U şu paytgaça “albiseleste” iştirokidagi faqat bitta uçraşuvni boşqargan. Bu 2022 yilgi Jahon çempionatining ilk turidagi Saudiya Arabistoniga qarşi bahs bölib, Lionel Messi gol urganiga qaramay, Argentina 1:2 hisobida mağlub bölgan edi. Öşa uçraşuv turnirning eng katta sensatsiyalaridan biri sifatida tarixda qolgan.
Qiziği şundaki, öşa omadsiz startga qaramasdan, Argentina musobaqa davomida özini tiklab, turnir yakunida jahon çempioniga aylangan edi. Endi esa tört yil ötib, Slavko Vinçiç yana Argentina iştirokidagi hal qiluvçi bahsni boşqaradi.