USD: 11,973 söm ▲ EUR: 13,437 söm ▲ RUB: 147 söm ▲ GBP: 16,113 söm ▲ CNY: 1,796 söm ▲ KZT: 27 söm ▲ TRY: 239 söm ▲ AED: 3,260 söm ▲ USD: 11,973 söm ▲ EUR: 13,437 söm ▲ RUB: 147 söm ▲ GBP: 16,113 söm ▲ CNY: 1,796 söm ▲ KZT: 27 söm ▲ TRY: 239 söm ▲ AED: 3,260 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Xelayfiy FIFA prezidenti bölişi mumkin

141 марта
Хелайфий FIFA президенти бўлиши мумкин

PSJ klubi prezidenti Nosir Al-Xelayfiy 2027 yilda bölib ötişi rejalaştirilgan FIFA prezidentlik saylovida öz nomzodini qöyişi mumkin. Bu haqda “The Touçline” xabar berdi.

Naşrga köra, UEFA’ga azo bir neçta milliy assotsiatsiyalar bölajak saylovlarda amaldagi FIFA prezidenti Janni Infantinoga qarşi munosib raqobatlaşa oladigan yagona nomzodni izlamoqda. Muhokamalarda tilga olinayotgan asosiy nomzodlardan biri esa Frantsiyaning PSJ klubi prezidenti Nosir Al-Xelayfiy bölib turibdi.

Xabarlarga köra, uning nomzodini, xususan, Belgiya va Polşa futbol federatsiyalari qöllab-quvvatlaşga tayyor. Biroq hozirça Parij klubi rahbari rasman saylovda iştirok etiş niyatini bildirmagan. Şu bois ayni paytda faqat ehtimoliy nomzod haqida söz bormoqda.

Şu bilan birga, Bosniya va Gertsegovina, Norvegiya, Şvetsiya, Germaniya hamda Ispaniyaning yuqori lavozimli futbol amaldorlari Yevropadan boşqa ehtimoliy nomzodlar yuzasidan ham muzokaralar ötkazmoqda. Ular orasida Varşavaning “Legiya” klubi egasi Dariuş Mioduskining nomi ham tilga olingan.

Qayd etiş joizki, AQŞ terma jamoasi hujumçisi Folarin Balogunga körsatilgan qizil kartoçka atrofidagi mojarodan söng Janni Infantino rahbariyatiga nisbatan noroziliklar kuçaygan. Xabarlarga köra, UEFA tekşiruv yakunlari böyiça FIFA’ni vakolat doirasidan çiqib ketganlikda oçiqçasiga ayblagan.

Biroq Yevropada qarşilik kuçayib borayotgan bölsa-da, Infantinoning mavqei boşqa qita konfederatsiyalarining qöllab-quvvatlaşi tufayli hanuz mustahkam bölib turibdi. Şu sababli, unga raqib paydo bölişi hozirça FIFA prezidenti lavozimini yöqotişini anglatmaydi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: