Javohir va Bibisora Frantsiya – Angliya öyiniga bordi
Özbekistonlik grossmeyster Javohir Sindorov qozoğistonlik şaxmatçi Bibisora Asaubayeva bilan 2026 yilgi Jahon çempionatining uçinçi örin uçun Frantsiya va Angliya örtasidagi uçraşuviga bordi. Bu haqda Bibisora Instagram sahifasida malum qildi.
Asaubayeva özining Instagram sahifasida Javohir Sindorov bilan tuşgan bir neçta suratlarni ham elon qildi.
Uçraşuv AQŞning Florida ştati Mayami-Gardens şahridagi “Mayami” stadionida bölib ötgan.
Uşbu bahsda Tomas Tuxel boşçiligidagi Angliya terma jamoasi Frantsiyani 6:4 hisobida mağlub etib, Jahon çempionatining bronza medallarini qölga kiritgan edi.
Malumot uçun, 2026 yilgi Jahon çempionati finali bugun, 19 iyul kuni bölib ötadi. Turnir hal qiluvçi bahsida Ispaniya va Argentina terma jamoalari özaro kuç sinaşadi. Bu juftlik Qöşma Ştatlarda bölib turganini sabab ularning final bahsini ham stadiondan kuzatiş ehtimoli bor.
Eslatib ötamiz, avvalroq Bibisora Asaubayeva va Javohir Sindorov bir-birining surati tuşirilgan futbolkalarda suratga tuşib, uni ijtimoiy tarmoqlarga joylagandi.