Javohir Sindorov xalqaro musobaqa ğolibi böldi
Özbekistonlik grossmeyster Javohir Sindorov AQŞda bölib ötayotgan Naroditsky Memorial Rapid 2026 xalqaro şaxmat turnirida çempionlikni qölga kiritdi. Bu haqda Sindorov özining Instagram sahifasida malum qildi.
Sindorov musobaqaning asosiy bahslarini 7 turdan 6 oçko bilan yakunlab, hindistonlik grossmeyster Aravind Çitambaram bilan bir xil natija qayd etgan. Ğolib nomi tay-brek bahslarida aniqlanib, unda özbekistonlik şaxmatçi raqibini mağlub etgan va turnirning boş sovrinini qölga kiritgan.
Mazkur ğalaba evaziga Javohir Sindorov 3 ming AQŞ dollari miqdoridagi mukofot bilan taqdirlangan.
Turnirdagi muvaffaqiyat grossmeysterning xalqaro reytingiga ham ijobiy tasir körsatdi. Rapid yönalişida u 6,9 reyting oçkosini qölga kiritib, umumiy reytingini 2724,9 oçkoga yetkazdi. Natijada Sindorov onlayn reyting jadvalida uç poğona yuqorilab, dunyoning eng kuçli rapid şaxmatçilari orasida 7-öringa kötarildi.
Qayd etiş joiz, mazkur natija Özbekiston terma jamoasining 46-Butunjahon şaxmat Olimpiadasi oldidan muhim yutuqlaridan biri böldi.
Eslatib ötamiz, 21 iyun kuni Gonkongda bölib ötgan 2026 yilgi jamoaviy tezkor va blits şaxmat böyiça Jahon çempionati öz yakuniga yetib, musobaqaning blits yönalişida Özbekiston terma jamoasi sovrindorlar safidan joy olgandi.
Mumtozbegim Abdumöminova