USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Super Rapid — Blitz Poland 2026. Nieman — çempion, Javohir Sindorov 7-örinni egalladi

158 марта

Super Rapid — Blitz Poland 2026. Nieman — çempion, Javohir Sindorov 7-örinni egalladi

Polşada Grand Çess Tour turkumiga kiruvçi Super Rapid — Blitz Poland 2026 turniri öz nihoyasiga yetdi. Musobaqada jahonning eng kuçli şaxmatçilari qatorida özbekistonlik grossmeyster Javohir Sindorov ham iştirok etdi.
Turnir yakunlariga köra, amerikalik grossmeyster Hans Nieman umumiy 22,5 oçko bilan birinçi örinni egalladi. U musobaqaning rapid qismini 13 oçko bilan peşqadam sifatida tugatgan edi. Blits bahslarining sönggi turida Radoslav Voytaşekni mağlub etib, ğoliblikni naqd qildi va 50 ming dollar mukofot puliga ega böldi.

Özbekistonlik grossmeyster Javohir Sindorov uçun Varşavadagi turnir murosasiz keçdi. U musobaqaning rapid yönalişida 8 oçko jamğarişni uddaladi. Blits bahslarida esa Sindorov öyinini sezilarli darajada kuçaytirdi va amaldagi jahon çempioni Gukeş Dommarajuni mağlub etib, rapid bosqiçidagi mağlubiyati uçun munosib revanş oldi. Ikki yönaliş yakunlariga köra, Javohir Sindorov umumiy 15 oçko bilan nufuzli turnirni 7-örinda yakunladi. Mazkur natijasi orqali özbekistonlik grossmeyster 9 ming dollar miqdoridagi mukofot pulini qölga kiritdi. Amaldagi jahon çempioni Gukeş Dommaraju 16 oçko bilan kifoyalandi.

Turnirning yakuniy natijalari:
  1. Hans Nieman (AQŞ) — 22,5 oçko (50 ming dollar)
  2. Fabiano Karuana (AQŞ) — 22 oçko (40 ming dollar)
  3. Uesli So (AQŞ) — 21 oçko (30 ming dollar)
  4. Vladimir Fedoseyev (Sloveniya) — 18 oçko (20 ming dollar)
  5. Alireza Firuzja (Frantsiya) — 17,5 oçko (15 ming dollar)
  6. Gukeş Dommaraju (Hindiston) — 17 oçko (11 ming dollar)
  7. Javohir Sindorov (Özbekiston) — 16,5 oçko (9 ming dollar)
  8. Maksim Vaşe-Lagrav (Frantsiya) — 16,5 oçko (9 ming dollar)
  9. Yan-Kşiştof Duda (Polşa) — 16,5 oçko (9 ming dollar)
  10. Radoslav Voytaşek (Polşa) — 12,5 oçko (7 ming dollar)

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: