Javohir Sindorov 42,5 ming dollar yutib oldi
24-05-2026, 10:33
309 марта

Javohir Sindorov 42,5 ming dollar yutib oldi
Joriy yilning 14-23 may kunlari Ruminiya poytaxti Buxarest şahrida Super Çess Classic Romania 2026 turniri ötkazildi. Unda qatnaşgan özbekistonlik şaxmatçi Javohir Sindorov 3-örinni qölga kiritdi va 42,5 ming dollar yutib oldi.Özbekistonlik grossmeyster turnir jadvalida 5-oçko bilan kuçli uçlikka kirişga muvaffaq böldi. Şuningdek, amerikalik Uesli So ham 5 oçkodan jamğarib, 42 500 AQŞ dollari miqdoridagi mukofot pulini qölga kiritdi. Musobaqada 6 oçko yiqqan germaniyalik grossmeyster Vinsent Keymer 1-örinni qölga kiritgan bölsa, amerikalik Fabiano Karuana 5,5 oçko bilan 2-öringa joylaşdi.
Turnirning yakuniy jadvali:
- Vinsent Keymer (Germaniya) – 6 oçko ($100 000);
- Fabiano Karuana (AQŞ) – 5,5 oçko ($65 000);
- Javohir Sindorov (Özbekiston) – 5 oçko ($42 500);
- Uesli So (AQŞ) – 5 oçko ($42 500);
- Aniş Giri (Niderlandiya) – 4,5 oçko ($18 000);
- Maksim Vaşe-Lagrav (Frantsiya) – 4,5 oçko ($18 000);
- Jordan van Forest (Niderlandiya) – 4,5 oçko ($18 000);
- Rameişbabu Pragnanandha (Hindiston) – 4,5 oçko ($18 000);
- Bogdan-Daniel Dyak (Ruminiya) – 4,5 oçko ($18 000);
- Alirizo Firuzja (Frantsiya) – 1 oçko ($10 000).