Argentina terma jamoasi Messiga tasirli murojaat yölladi
Argentina terma jamoasi 2026 yilgi Jahon çempionati finalidagi mağlubiyatdan söng jamoa sardori Lionel Messiga bağişlangan tasirli murojaatni elon qildi.
Argentinaliklar finalda Ispaniyaga qöşimça vaqtda 0:1 hisobida mağlub bölib, 2022 yil Qatarda qölga kiritilgan jahon çempionligi unvonini himoya qila olmadi.
“Sening köz yoşlaring — bizning ham köz yoşlarimiz, kapitan. Sen bizga hayotimizdagi eng baxtli onlarni taqdim etding. Fidoyiliging, sehring va sönggi soniyagaça kuraşganing uçun rahmat. Biz seni abadiy sevamiz, Leo!” deyiladi murojaatda.
39 yoşli Messi Jahon çempionatining kumuş medalini qabul qilib olgaç, tribunadagi argentinalik muxlislar oldiga bordi va hissiyotlarini yaşira olmay, köz yoşi tökdi.
Bu Messining faoliyatidagi oltinçi va ehtimol sönggi Jahon çempionati böldi. Navbatdagi mundial 2030 yilda ötkaziladi. Öşa vaqtga kelib argentinalik yulduz 43 yoşga töladi.
Malumot uçun, Lionel Messi Jahon çempionatidagi ilk öyinini 2006 yilda ötkazgan. Şu vaqtgaça u mundiallarda 34 ta uçraşuvda maydonga tuşib, 21 ta gol urgan va 12 ta golli uzatmani amalga oşirgan.