Infantino Ispaniya terma jamoasiga çempionlik uzuklar sovğa qildi
Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) prezidenti Janni Infantino 2026 yilgi Jahon çempionatida ğolib çiqqan Ispaniya terma jamoasiga maxsus xotira uzuklarini topşirdi. Bu haqda Infantino özining Instagram sahifasida malum qildi.
Çempionlik uzuklari Amerika sportidagi, xususan NFL ğoliblariga beriladigan Super Bowl çempionlik uzuklari ananasi asosida işlab çiqilgan.
Malumotlarga köra, jami 2026 ta uzuk tayyorlangan. Şundan 30 tasi Ispaniya terma jamoasi futbolçilari va murabbiylar ştabiga taqdim etilgan. Qolgan 1996 tasi esa rasmiy litsenziyalangan mahsulot sifatida sotuvga çiqariladi.
Uzuklar oltindan yasalgan bölib, olmos va sapfir toşlari bilan bezatilgan. Har bir uzukka Jahon çempionati kubogi tasviri öyib işlangan. Şuningdek, dizayn ğolib mamlakatga mos ravişda maxsus elementlar bilan bezatilgan.
Eslatib ötamiz, Ispaniya terma jamoasi 2026 yilgi Jahon çempionati finalida Argentinani qöşimça vaqtda 1:0 hisobida mağlub etib, öz tarixida ikkinçi marta jahon çempioniga aylangan edi.