USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

AQŞda Argentina futbol assotsiatsiyasi prezidenti hibsga olindi

307 марта
АҚШда Аргентина футбол ассоциацияси президенти ҳибсга олинди

AQŞ Federal qidiruv byurosi (FBI) Argentina futbol assotsiatsiyasi (AFA) prezidenti Klaudio Tapiani Jahon çempionati finalidan keyin Nyu-York aeroportida hibsga oldi. Bu haqda Argentinaning TN telekanali xabar berdi.

Manbaga köra, Tapia va AFA’ning yana bir qator masul xodimlarining kompyuterlari hamda mobil telefonlari musodara qilingan.

Sud hujjatlariga asosan, Klaudio Tapia, assotsiatsiya ğaznaçisi Pablo Tovino va AFA rahbariyati bilan boğliq tadbirkor Xaver Faroni joriy yilning 30 iyul kuni Florida ştati Janubiy okrugi federal sudida körsatma berişi kutilmoqda.

Malum qilinişiça, hodisa AFA faoliyatiga oid moliyaviy va tijorat bitimlari yuzasidan olib borilayotgan tergov doirasida sodir bölgan.

Şuningdek, tergovçilar Xaver Faroni va uning rafiqasi tomonidan Janubiy Floridada kamida 4 ta qimmatbaho köçmas mulk sotib olinganini ham örganmoqda. Uşbu xaridlarning umumiy qiymati 11 million dollardan ortiq ekani aytilmoqda.

Bundan taşqari, AQŞ Adliya vazirligi AFA’ning moliyaviy faoliyati böyiça dastlabki tekşiruvni davom ettirmoqda. Tergov doirasida taşkilot bilan boğliq mablağlarning AQŞ bank tizimi orqali harakati örganilib, ular moliyaviy firibgarlikka oid qonunbuzarliklar bilan boğliq yoki boğliq emasligi aniqlanmoqda.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: