“Liverpul” tekinga oliş imkoniyatlarini örganmoqda
“Liverpul” braziliyalik hujumçi Vinisius Juniorni 2027 yilning yozida, yani uning “Real Madrid” bilan şartnomasi yakuniga yetgaç, erkin agent sifatida öz safiga qöşib oliş imkoniyatini körib çiqmoqda. Bu haqda “Actu Foot” xabar berdi.
Manbaga köra, braziliyalik futbolçi uçun kuraşga PSJ va “Bavariya” ham qöşilişi mumkin. Vinisiusning özi faoliyatini “Real Madrid”da davom ettirişni istamoqda, ammo tomonlar hozirça yangi şartnoma böyiça kelişuvga erişa olmagan.
Malumot uçun, Vinisius 2018 yil yozidan buyon “Real Madrid” şarafini himoya qilib kelmoqda. Ötgan mavsumda u barça musobaqalarda 53 ta uçraşuvda maydonga tuşib, 22 ta gol urdi va 14 ta golli uzatmani amalga oşirdi.
“Transfermarkt” malumotlariga köra, 25 yoşli futbolçining bozor qiymati 140 million yevroni taşkil etadi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Vinisius Junior jağini operatsiya qildirganligi haqida xabar berilgandi.