“Maoşi keskin oşadi”. Romano “Siti” va Husanovning yangi kelişuvini elon qildi
“Mançester Siti” özbekistonlik himoyaçi Abduqodir Husanov bilan yangi şartnoma imzolaşga kelişib oldi. Bu haqda maşhur insayder Fabritsio Romano malum qildi.
Manbaga köra, klub Husanov va belgiyalik vinger Jeremi Doku bilan 2031 yilgaça amal qiladigan yangi şartnoma böyiça kelişuvga erişgan.
Qayd etilişiça, “Lans”dan “Mançester Siti”ga ötgan Abduqodir Husanovning maoşi sezilarli darajada oşiriladi. Şuningdek, uning amaldagi şartnomasi yana beş yilga uzaytiriladi. Husanovning “şaharliklar” amaldagi şartnomasi 2029 yilgaça möljallangandi.
Jeremi Doku ham yangi kelişuvning barça şartlariga rozilik bildirgan. Yaqin kunlarda uning ham 2031 yilgaça möljallangan beş yillik şartnomasi rasman kuçga kirişi kutilmoqda.
Malumot uçun, ötgan mavsum yakunlanganidan keyin jamoa boş murabbiyi Pep Gvardiola lavozimini tark etdi. Yangi mavsumdan boşlab “Mançester Siti”ni Entso Mareska boşqaradi.
Eslatib ötamiz, avvalroq “Transfermarkt” portali Abduqodir Husanovning transfer narxini 15 mln yevroga kötarib, 50 mln yevro etib belgilagandi.