USD: 11,935 söm ▲ EUR: 13,432 söm ▲ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,094 söm ▲ CNY: 1,789 söm ▲ KZT: 26 söm ▲ TRY: 239 söm ▲ AED: 3,250 söm ▲ USD: 11,935 söm ▲ EUR: 13,432 söm ▲ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,094 söm ▲ CNY: 1,789 söm ▲ KZT: 26 söm ▲ TRY: 239 söm ▲ AED: 3,250 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

“Arsenal” Vinisius uçun klub tarixidagi eng yuqori maoşni taklif qilmoqçi

77 марта
“Арсенал” Винисиус учун клуб тарихидаги энг юқори маошни таклиф қилмоқчи

Londonning “Arsenal” klubi rahbariyati braziliyalik hujumçi Vinisius Juniorni öz safiga qöşib oliş uçun klub tarixidagi eng yuqori maoşlardan birini taklif etişga tayyor. Bu haqda “The Telegraph” naşri xabar berdi.

Manbaga köra, Vinisius hozirda haftasiga 400 ming funt sterling maoş olmoqda va London klubi uşbu şartlardan ham yaxşiroq taklif berişga tayyor. Ayni paytda “Arsenal” tarixidagi eng yuqori maoş oluvçi futbolçi fevral oyida şartnomasini uzaytirgan Bukayo Saka bölib, uning haftalik maoşi 365 ming funt sterlingni taşkil etadi.

26 yoşli Vinisius 2018 yilning yozida “Real Madrid” safiga qöşilgan. Uning amaldagi şartnomasi 2026-2027 yilgi mavsum yakuniga qadar amal qiladi.

Braziliyalik futbolçi Madrid klubi safida barça musobaqalarda 375 ta uçraşuvda maydonga tuşib, 128 ta gol urgan va 100 ta golli uzatmani amalga oşirgan. U “Real” bilan uç karra Ispaniya çempioni, uç karra Ispaniya Superkubogi sohibi, ikki karra Çempionlar ligasi ğolibi, ikki karra UEFA Superkubogi va Klublar örtasidagi Jahon çempionati ğolibi bölgan. Şuningdek, uning hisobida Ispaniya kubogi va Qitalararo kubok ham bor. “Real Madrid”ga ötişidan avval Vinisius Braziliyaning “Flamengo” klubida töp surgan.

Malumot uçun, Vinisius Braziliya terma jamoasi safida 54 ta uçraşuvda qatnaşib, 13 ta gol urgan va 10 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Eslatib ötamiz, ötgan mavsum “Arsenal” 22 yillik tanaffusdan söng, Angliya Premer-ligasi çempionligini qölga kiritgandi.
 

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: