“Real Madrid” Rodri uçun ilk rasmiy taklifini tayyorlamoqda
Ispaniyaning “Real Madrid” jamoasi “Mançester Siti” klubi yarim himoyaçisi Rodrining transferi böyiça ilk rasmiy taklifini tayyorlamoqda. Bu haqda insayder Nikolo Skira malum qildi.
Manbaga köra, Madrid klubi 29 yoşli ispaniyalik futbolçi uçun 50–60 million yevro atrofida taklif bilan çiqişni rejalaştirgan.
Xabar qilinişiça, Rodri “Real Madrid”ga ötiş istagini bildirgan va “Mançester Siti”ning şartnomani uzaytiriş böyiça taklifini rad etgan.
Şuningdek, futbolçi “Real Madrid” bilan şaxsiy şartlar böyiça kelişuvga erişgani va 2030 yilgaça möljallangan şartnoma yuzasidan özaro kelişib olgani aytilmoqda.
Endi “Real Madrid” transfer summasi borasida “Mançester Siti” bilan muzokaralar olib borişi kerak böladi.
Eslatib ötamiz, Rodri Ispaniya terma jamoasi bilan 2026 yilgi Jahon çempionligini qölga kiritdi va turnirning eng yaxşi futbolçisi deb topildi.