“Real Madrid” daromad rekordini örnatdi
Ispaniyaning “Real Madrid” klubi ötgan mavsumda 1,221 milliard yevrodan (taxminan 1,389 milliard AQŞ dollari) ortiq daromad qilib, barça sport klublari orasida yangi moliyaviy rekord örnatdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Malum qilinişiça, 2024-2025 yilgi mavsumda “Real Madrid”ning umumiy daromadi 1,265 milliard AQŞ dollarini taşkil etgan.
“Forbes” malumotlariga köra, bu barça sport turlari böyiça klublar örtasida qayd etilgan eng yuqori yillik daromad hisoblanadi. Şu tariqa, Madrid klubi 2024 yilda 1,23 milliard dollar daromad qayd etgan NFL vakili “Dallas Kovboys”ni ortda qoldirdi.
Sport natijalariga kelsak, “Real Madrid” ötgan mavsumni sovrinsiz yakunladi. Jamoas Ispaniya çempionatini ikkinçi örinni egalladi. Şuningdek, jamoa Çempionlar ligasida çorak finalgaça yetib bordi.