USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

UEFA Infantinoning örniga Xelayfi nomzodini körib çiqyapti

94 марта
UEFA Инфантинонинг ўрнига Хелайфи номзодини кўриб чиқяпти

Yevropa futbol assotsiatsiyalari 2027 yilda bölib ötadigan FIFA prezidentligi saylovlarida “Pari Sen-Jermen” prezidenti Nosir Al-Xelayfini amaldagi rahbar Janni Infantinoga muqobil nomzod sifatida körib çiqmoqda. Bu haqda “Politico” naşri xabar berdi.

Manbaga köra, bir qator Yevropa futbol doiralari Al-Xelayfining nomzodini qöllab-quvvatlaşga tayyor. Ayni paytdagi bahslarning asosiy mavzusi FIFA’ning yangi tijorat taşkilotini tuziş rejasi hisoblanadi.

FIFA rahbariyati xususiy taşkilotga Jahon çempionati kabi yirik musobaqalarning media va tijorat huquqlarini boşqariş vakolatini berişni rejalaştirmoqda. Loyihani moliyalaştiriş uçun taşkilot aktsiyalarining taxminan 20 foizini sotiş orqali 4,2 milliard dollargaça investitsiya jalb qiliş közda tutilgan. Buning evaziga FIFA prezidenti Janni Infantino milliy futbol federatsiyalariga qöşimça subsidiyalar ajratilişini taklif qilgan.

Biroq mazkur taşabbus bir qator yirik futbol konfederatsiyalarining keskin tanqidiga uçradi. Yevropa futbol assotsiatsiyalari ittifoqi (UEFA), Şimoliy, Markaziy Amerika va Karib dengizi futbol konfederatsiyasi (CONCACAF) hamda Osiyo futbol konfederatsiyasi (OFK) uşbu rejaga qarşi çiqdi.

UEFA hatto umumiy pozitsiyani işlab çiqiş maqsadida favqulodda onlayn yiğiliş ötkazdi. Muhokamalar davomida FIFA homiyligidagi ayrim musobaqalarni, jumladan, Jahon çempionatini ham boykot qiliş ehtimoli ham tilga olingan.

Qayd etilişiça, Infantinoga muqobil nomzod masalasi 2026 yilgi Jahon çempionati vaqtida Yevropa federatsiyalari vakillari orasida yanada faol muhokama qilingan. Asosiy nomzod sifatida “Pari Sen-Jermen” prezidenti va Qatar Sports Investments rahbari Nosir Al-Xelayfi körilmoqda. U 2011 yildan buyon PSJni boşqarib kelmoqda, 2021 yildan esa Yevropa klublari assotsiatsiyasi (EKA) raisi sifatida faoliyat yuritadi. Şuningdek, Al-Xelayfi UEFA Ijroiya qömitasi azosi hamda FIFA Kengaşida EKA vakili hisoblanadi.

Malumot uçun, Janni Infantino FIFA prezidenti lavozimini 2016 yildan buyon egallab kelmoqda. Taşkilot rahbari saylovi 2027 yil 18 mart kuni Marokaş poytaxti Rabot şahrida bölib ötadi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: