Infantino FIFA prezidenti lavozimini tark etişi mumkin
Janni Infantino yaqin orada FIFA prezidenti lavozimini tark etişi mumkin. Bu haqda jurnalist Romen Molina özining X ijtimoiy tarmoğida xabar qildi.
Manbaga köra, Infantino FIFA rahbariyatining qöllab-quvvatlaşini hamda taşkilot ustidan nazoratni yöqotgan. Şu bois uning istefosi yaqin vaqt içida amalga oşişi mumkinligi aytilmoqda.
Eslatib ötamiz, joriy yilning aprel oyida Infantino 2027 yil 18 mart kuni Marokaşda bölib ötadigan saylovda FIFA prezidenti lavozimi uçun yana nomzodini qöyiş niyati borligini malum qilgan edi.
56 yoşli Infantino 2016 yil fevralida bölib ötgan navbatdan taşqari kongressda FIFA prezidenti etib saylangan. U korruptsiya mojarolari ortidan istefoga çiqqan Zepp Blatter örnini egallagan. Keyinçalik Infantino 2019 va 2023 yillarda raqobatçisiz ravişda yana FIFA prezidenti etib qayta saylangan.
Avvalroq, Infantino Jahon çempionatining tijorat huquqlaridagi uluşni xususiy investorlarga sotiş rejasini körib çiqayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. FIFA’ning hisob-kitoblariga köra, uşbu loyiha orqali 4,2 milliard dollar mablağ jalb qilinişi mumkin.
Biroq, mazkur taşabbus köplab futbol taşkilotlari va federatsiyalar tomonidan keskin tanqid qilindi.
Jumladan, Yevropa futbol ittifoqi (UEFA) FIFA homiyligidagi musobaqalarni boykot qilişini malum qilgan bölib, bu qaror taşkilotning barça 55 azosi tomonidan qöllab-quvvatlangan. Şuningdek, Şimoliy, Markaziy Amerika va Karib dengizi futbol konfederatsiyasi (KONKAKAF) ham uşbu taklifni rad etgan. Osiyo futbol konfederatsiyasi esa FIFA’da boşqaruv islohotlarini amalga oşirişga çaqirgan.