Ronaldu va Jorjinaning töyi haqida nimalar malum?
Saudiya Arabistonining “Al-Nasr” klubi hujumçisi Kriştianu Ronaldu va uning sevgilisi Jorjina Rodrigesning töyi joriy yil avgust oyining birinçi dam oliş kunlarida ötkazilişi mumkin. Bu haqda “The Sun” naşri xabar berdi.
Xabarlarga köra, töy marosimi mehmonlari orasida UFC yulduzlari Habib Nurmagomedov va Konor Makgregor, şuningdek, futbol va şou-biznes olamining maşhur vakillari bölişi kutilmoqda. Biroq hozirça bu malumotlar rasman tasdiqlanmagan.
“Gossip” jurnali tarqatgan malumotga köra, töy juda dabdabali ötişi kutilmoqda. Taklif etilgan mehmonlar röyxatiga “Real Madrid” futbolçilari Kilian Mbappe, Vinisius Junior va Rodrigo, “Mançester Yunayted” afsonasi Rio Ferdinand, aktyor Vin Dizel, qöşiqçi Jennifer Lopes, reperlar Dreyk va Trevis Skott, jurnalist Pirs Morgan hamda bloger IŞowSpeed kiritilgani aytilmoqda.
Eng köp muhokama qilinayotgan jihatlardan biri esa – Habib Nurmagomedov va Konor Makgregorning bir tadbirda iştirok etişi ehtimolidir. Ikki sportçi 2018 yilning oktyabrida UFC 229 turnirining asosiy jangida özaro töqnaşgan va Habib törtinçi raundda ğalaba qozongan edi. Öşandan beri ularning munosabatlari keskin bölib kelmoqda.
Portugaliyaning V+ Fama dasturi tahririyati öz qöliga tuşgan taklifnoma haqida malum qildi. Unga köra, marosim joriy yilning 2 avgust kuni keçqurun Sintra şahridagi maşhur Quinta da Regaleira saroy-boğ majmuasida bölib ötişi rejalaştirilgan. Şuningdek, mehmonlar uçun qora libos kodeksi belgilangani ham aytildi.
Biroq Ispaniyaning “HOLA” naşri bu malumotlarga şubha bilan qaramoqda. Naşrning takidlaşiça, Quinta da Regaleira joriy yilning 2 avgust kuni sayyohlar uçun oçiq böladi va öşa kuni keçqurun u yerda kontsert rejalaştirilgan. Şu bois, bunday kölamdagi töyning aynan şu yerda ötkazilişi ehtimoli past deb baholanmoqda.
Bundan taşqari, keça, 30 iyul kuni Ronaldu, Jorjina va Kriştianu kiçik (Cristiano Jr.) Mayorkaga tatilga yöl olgani haqida xabarlar tarqaldi. “Majorca Daily Bulletin” malumotiga köra, oila hozirça yaxtada dam olmoqda. Şunga qaramay, köpçilik juftlik yaqin vaqt içida nikohdan ötişini kutmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq, Ronaldu Jorjinaga turmuş quriş taklifini bildirib, bir neça million yevro deb baholanayotgan yirik oval olmosli uzuk sovğa qilgan edi.
Şuningdek, u Jorjinaga oq rangli Porsçe Taycan elektromobili, Audemars Piguet va Patek Philippe soatlari, Dior va Louis Vuitton sumkalari hamda qimmatbaho liboslar ham sovğa qilgan.
Pirs Morganga bergan intervyusida Ronaldu Jorjinani hayotidagi eng muhim inson deb atagan.
“Jorjina – mening hayotimdagi ayol. Unga turmuş quriş taklifini beriş tabiiy qaror edi. U men va oilam haqida ğamxörlik qiladi, meni tuşunadi. Men aynan şunday insonni izlaganman. Biz Jahon çempionatidan keyin turmuş qurişni rejalaştirganmiz”, degan edi Ronaldu.
Malumot uçun, 40 yoşli Kriştianu Ronaldu va 32 yoşli Jorjina Rodriges 2016 yildan buyon birga yaşab kelmoqda. Ular ikki nafar qizni – Alana Martina (2017 yil) va Bella Esmeraldani (2022 yil) tarbiyalamoqda. Şuningdek, oilada kiçik Kriştianu (2010 yil) hamda egizaklar Mateo va Yeva (2017 yil) ham voyaga yetmoqda.