USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

“Çelsi” şartli transfer taqiqiga uçradi

69 марта
“Челси” шартли трансфер тақиқига учради

Angliya Futbol assotsiatsiyasi (FA) Londonning “Çelsi” klubiga nisbatan Roman Abramoviç egalik qilgan davrda vositaçilar faoliyati bilan boğliq qoidalar buzilgani yuzasidan körilgan iş böyiça klubga ikki transfer oynasi davomida şartli transfer taqiqi qöyildi. Bu haqda taşkilot matbuot xizmati xabar berdi.

Qarorga köra, London klubi 10 million funt sterling (11,7 million yevro) miqdorida jarima tölaydi. Şuningdek, “köklar”ga ikki transfer oynasi davomida şartli transfer taqiqi qöllanildi. Bu taqiq faqat kelgusida yana qoidabuzarliklar aniqlangan taqdirdagina kuçga kiradi.

Eslatib ötamiz, 2023 yilning noyabr oyida “Çelsi” Eden Azar, N’Golo Kante, Villian va Samuel EtöO agentlariga amalga oşirilgan tölovlar sababli moliyaviy feyr-pley qoidalarini buzgan bölişi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Keyinçalik klub sanktsiyalardan qoçiş maqsadida Angliya Premer-ligasi bilan kompensatsiya tölovlari böyiça muzokaralar olib bordi.

2025 yilda Angliya Futbol assotsiatsiyasi “Çelsi”ni 2009-2022 yillar oraliğida sodir etilgan 74 ta qoidabuzarlikda aybladi.

Sud muhokamasidan avval “Çelsi” FA’ning Ye1.2 bandi 74 marta buzilganini tan oldi. Mustaqil tartibga soliş komissiyasi dastlab klubga 10 million funt sterling jarima hamda 2027 yil 30 iyunga qadar şartli ravişda 6 oçko olib taşlaş jazosini belgiladi. Biroq, klub uşbu qaror ustidan apellyatsiya kiritdi. Mustaqil Apellyatsiya kengaşi şikoyatni qanoatlantirib, oçkolardan mahrum qiliş jazosini bekor qildi. Uning örniga “Çelsi”ga 2027 yil 30 iyunga qadar ketma-ket ikki töliq transfer oynasi davomida yangi futbolçilarni röyxatdan ötkaziş böyiça şartli taqiq joriy etildi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: