FIFA “Andijon”ga qöyilgan transfer taqiqini bekor qildi
FIFA “Andijon” futbol klubiga nisbatan joriy etilgan transfer taqiqini rasman bekor qildi. Bu haqda FIFA rasmiy sahifada xabar berdi.
Avvalroq, taşkilotning Özbekiston futbol assotsiatsiyasiga yuborgan xatida “Andijon”ning Albaniyaning “Laçi” klubi oldidagi moliyaviy majburiyatlarini öz vaqtida bajarmagani qayd etilgan edi.
FIFA qaroriga köra, klub “Laçi” oldidagi qarzdorlikni 45 kun içida tölaşi lozim bölgan. Biroq belgilangan muddat – joriy yilning 10 iyuniga qadar tölov amalga oşirilmagani sababli, “Andijon”ga iş töliq hal etilguniga qadar ketma-ket 3 ta transfer oynasi davomida yangi futbolçilarni röyxatdan ötkaziş taqiqlangan edi.
Gap Altin Kreziu transferi yuzasidan kelib çiqqan moliyaviy nizo haqida ketmoqda. Keyinçalik “Andijon” “Laçi” oldidagi barça moliyaviy majburiyatlarini bajarib, bu haqda FIFA’ga malum qildi. Albaniya klubi ham tölov amalga oşirilganini tasdiqlagaç, taşkilot transfer taqiqini bekor qildi.
Şu tariqa, “Andijon” endi yangi futbolçilarni röyxatdan ötkaziş böyiça heç qanday çeklovsiz transfer bozorida iştirok etişi mumkin.