Frantsiya terma jamoasi futbolçisi JÇ kubogini sotdi
“Mançester Siti” va Frantsiya milliy terma jamoasining sobiq himoyaçisi, ayni paytda Polşaning “Pogon” klubida töp surayotgan Benjamen Mendi Jahon çempionati kubogi nusxasini sotdi. Bu haqda AS naşrining xabar berdi.
Manbaga köra, 2018 yilgi Jahon çempionati ğolibi bölgan futbolçi sovrinni AQŞning Goldin auktsion uyi orqali kim oşdi savdosiga qöygan. Savdo joriy yilning 25 iyul kuni yakunlangan.
Jahon çempionati kubogining nusxasi 54 ming yevroga sotildi. Bu summa dastlabki kutilmalardan pastroq böldi. Sababi, ekspertiza davomida sovrinning tag qismida yoriq hamda kiçik yeyiliş izlari aniqlangan.
Xaridorga kubok bilan birga Benjamen Mendi imzolagan haqiqiylik sertifikati ham topşirilgan.
Malumot uçun, Mendi faoliyati davomida “Gavr”, “Loryan”, “Marsel”, “Monako”, “Mançester Siti” va “Tsyurix” klublari şarafini ham himoya qilgan. U “Monako” bilan Frantsiya çempionligini qölga kiritgan bölsa, “Mançester Siti” safida uç marta Angliya Premer-ligasi va ikki marta Angliya Liga kubogi ğolibi bölgan.