Deşam Frantsiya terma jamoasidan ketdi
Frantsiya terma jamoasi boş murabbiyi Dide Deşamning öz lavozimidan ketişini elon qildi. Bu haqda mamlakat futbol federatsiyasi xabar berdi.
Avvalroq Frantsiya terma jamoasi Jahon çempionatining uçinçi örin uçun keçgan bahsida Angliyaga 4:6 hisobida mağlub bölgan edi.
Jurnalist Fabritsio Romanoning malum qilişiça, Frantsiya terma jamoasining yangi boş murabbiyi etib Zinedin Zidan tayinlanadi.
57 yoşli Deşam 2012 yildan buyon Frantsiya terma jamoasini boşqarib kelayotgan edi. Uning qöl ostida jamoa 2018 yilgi Jahon çempionati va 2022 yilgi UEFA Millatlar ligasida ğolib çiqdi. Şuningdek, frantsuzlar Yevro–2016 hamda 2022 yilgi Jahon çempionatida kumuş medallarni qölga kiritdi.
2018 yilgi mundialdagi zafardan söng Deşam ham futbolçi, ham boş murabbiy sifatida Jahon çempionligini qölga kiritgan tarixdagi uçinçi şaxsga aylandi. Undan avval bunday natijaga faqat braziliyalik Mario Zagallo va germaniyalik Frants Bekkenbauer erişgan.
Deşam futbolçilik faoliyati davomida Frantsiya terma jamoasi sardori sifatida 1998 yilgi Jahon çempionati va 2000 yilgi Yevropa çempionatida boş sovrinni qölga kiritgan.
Klublar darajasida esa u “Monako”, “Yuventus” va “Marsel” jamoalarida boş murabbiy bölib işlagan. Deşam “Marsel” bilan 2009-2010 yilgi Frantsiya çempionatida ğolib çiqqan.