“Real” futbolçisi qamalişi mumkin
“Real Madrid” himoyaçisi Raul Asensio voyaga yetmagan şaxs iştirokidagi şaxsiy videoni tarqatganlik ayblovi bilan qamoq jazosiga hukm qilinişi mumkin. Bu haqda “El Pais” naşri xabar berdi.
Manbaga köra, futbolçi iştirokçining roziligisiz olingan videoni uçinçi şaxslarga tarqatiş hamda pornografik materiallarni tarqatiş bilan boğliq ayblovlarga duç kelgan. Asensioning özi videoda iştirok etmagan. Tergov malumotlariga köra, u videoni tanişlaridan sörab olgan va keyinçalik uni boşqa şaxsga körsatgan.
Prokuratura 23 yoşli futbolçiga nisbatan ikki yarim yillik qamoq jazosi tayinlaşni söragan. Sud jarayoni 2026 yil joriy yilning 3, 4 va 7 sentyabr kunlari bölib ötadi.
Malumot uçun, “Real Madrid” tarbiyalanuvçisi bölgan Raul Asensio faoliyati davomida “qirollik klubi” safida 134 ta uçraşuvda maydonga tuşib, 2 ta gol urgan va 3 ta golli uzatmani amalga oşirgan.