Messi terma jamoadagi faoliyatini yakunlagani yöq – jurnalist
Argentina terma jamoasi va “Inter Mayami” klubi hujumçisi Lionel Messi hozirça xalqaro faoliyatini yakunlaş niyatida emas. Bu haqda X ijtimoiy tarmoğida 100 mingdan ortiq obunaçiga ega jurnalist Fran Kasaretto malum qildi.
Jurnalistning argentinalik futbolçiga yaqin manbalardan olgan malumotiga köra, 39 yoşli Messi Argentina milliy terma jamoasi safida öynaşni davom ettirişni rejalaştirmoqda.
“Lionel Messiga yaqin manbalarning malum qilişiça, u xalqaro futboldagi faoliyatini yakunlaş niyatida emas. Messi 2028 yilgi Amerika Kubogidan söng, Argentina terma jamoasidan ketişi kutilmoqda”, deb yozdi Kasaretto ijtimoiy tarmoqda.
Eslatib ötamiz, sönggi Jahon çempionatida Messi yetakçiligidagi Argentina terma jamoasi finalda Ispaniyaga mağlub bölib, musobaqani ikkinçi örinda yakunlagan edi. Şundan söng, OAVlarda Messi terma jamoadagi faoliyatini yakunlagani haqida xabarlar tarqalgandi.