Özbekistonning birinçi raketkasi afsonaviy Uilyamsni mağlub etdi
Keça, 2 avgust kuni Özbekistonning birinçi raketkasi Kamilla Rahimova Torontoda ötayotgan WTA 1000 toifasidagi National Bank Open turnirining birinçi bosqiçida amerikalik afsonaviy tennisçi Vinus Uilyamsni işonçli hisobda mağlub etdi.
Yomğir sababli qoldirilgan uçraşuv 1 soat 29 daqiqa davom etdi va unda Rahimova ikki set natijasiga köra, 6/4, 6/1 hisobida ğalaba qozondi.
46 yoşli Vinus Uilyams uşbu musobaqada wild card orqali iştirok etgan edi. Bu mağlubiyat amerikalik tennisçi uçun ketma-ket 12-mağlubiyat böldi. Uning omadsiz seriyasi 2025 yilning iyul oyidan beri davom etmoqda. Uçraşuvdan keyin Vinus Uilyams öyin haqida öz fikrlarini bildirdi.
“Biz oçiq havoda öynaymiz, ob-havoni nazorat qilib bölmaydi. Ammo muxlislar ajoyib edi. Ular har bir oçkoda meni qöllab-quvvatladi. Men esa şunçaki töpni maydonga tuşiriş uçun kuraşayotgandim”, deydi Uilyams.
Dunyo reytingida 82-örinni egallab turgan Kamilla Rahimova esa afsonaviy raqibiga qarşi öynaş u uçun unutilmas tajriba bölganini takidladi.
“Vinusga qarşi öynaş har kuni nasib etavermaydi. Unga qarşi kortga çiqiş imkoniyatiga ega bölganimdan juda xursandman. Bu uçraşuvni uzoq kutdim. Uning Markaziy kortda öynaşini bilardim. Natijadan qati nazar, kortdagi har bir lahzadan zavq olişga harakat qildim”, deydi Rahimova.
Endi Kamilla Rahimova musobaqaning ikkinçi bosqiçida Çexiya vakili Katerina Sinyakovaga qarşi kortga çiqadi. Bellaşuv joriy yilning 6 avgust kuniga belgilangan. Hozirda Sinyakova WTA reytingida 36-örinni egallab turibdi.