“Arsenal” Vinisius uçun qança bermoqçiligi malum böldi
Londonning “Arsenal” klubi “Real Madrid” hujumçisi Vinisius Juniorni öz safiga qöşib oliş uçun 150 million yevro taklif qilişga tayyor. Bu haqda “El Desmarque” naşri xabar berdi.
Manbaga köra, “töpçilar” braziliyalik futbolçiga bir mavsum uçun 30 million yevro maoş taklif etişi mumkin. Ayni şu miqdorni Vinisius “Real” bilan yangi şartnoma böyiça muzokaralarda ham talab qilayotgani aytilmoqda.
Qayd etilişiça, “Arsenal” uşbu transferni amalga oşiriş uçun yetarli moliyaviy imkoniyatga ega. Biroq rasmiy muzokaralar faqat Vinisiusning özi klubni tark etişga rozilik bildirgan taqdirdagina boşlanadi. Hozirça transferning keyingi taqdiri 26 yoşli hujumçining qaroriga boğliq.
Eslatib ötamiz, avvalroq hujumçisi Vinisius “Real Madrid” bilan yangi şartnoma imzolaş uçun 80 million yevro maoş talab qilayotgani haqida xabar berilgandi.