USD: 11,987 söm ▲ EUR: 13,393 söm ▼ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,060 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 27 söm ▲ TRY: 240 söm ▲ AED: 3,264 söm ▲ USD: 11,987 söm ▲ EUR: 13,393 söm ▼ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,060 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 27 söm ▲ TRY: 240 söm ▲ AED: 3,264 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

“Fulhem” “Real”ning ikki futbolçisini öz safiga qöşib oldi

88 марта
“Фулҳэм” “Реал”нинг икки футболчисини ўз сафига қўшиб олди

Londonning “Fulhem” klubi Madridning “Real” jamoasi ikki futbolçisi – Gonsalo Garsiya va Sesar Palasioslarni öz safiga qöşib oldi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Malum bölişiça, londonliklar har ikki futbolçi bilan 2031 yil iyuniga qadar möljallangan şartnoma imzolagan.

OAV malumotlariga köra, ikki transferning umumiy qiymati taxminan 50 million yevroga teng. 22 yoşli Gonsalo Garsiya uçun “Fulhem” qariyb 40 million yevro tölagan. 21 yoşli Sesar Palasiosning transferi 10 million yevroni taşkil qilgan.

Kelişuvga köra, har ikki futbolçining iqtisodiy huquqlarining 70 foizi “Fulhem”ga ötgan, “Real Madrid” esa kelajakdagi ehtimoliy transferlardan 30 foiz uluşni saqlab qolgan.

Malumot uçun, Gonsalo Garsiya “Real Madrid” asosiy jamoasi safida 51 ta uçraşuvda iştirok etib, 13 ta gol urgan. Sesar Palasios esa “qaymoqranglilar” tarkibida yettita rasmiy öyinda maydonga tuşgan.

Etiborlisi, har ikki futbolçi Londonda yana sobiq ustozi Alvaro Arbeloa qöl ostida töp suradi. Arbeloa ular bilan avval “Real Madrid” tizimida işlagan va keyinçalik asosiy jamoaga jalb qilgan edi.

Yangi futbolçilar joriy yilning 7 avgust kuni “Kristal Pelas”ga qarşi örtoqlik uçraşuvida debyut qilişlari mumkin. “Fulhem” Premer-ligadagi yangi mavsumni joriy yilning 24 avgust kuni safarda “Çelsi”ga qarşi bahs bilan boşlaydi.

Eslatib ötamiz, yangi mavsumdan boşlab “Çelsi”ni “Real Madrid”ning sobiq futbolçisi va murabbiyi Xabi Alonso boşqaradi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: