Infantino janjal sabab FIFA rahbariyatini favqulodda yiğilişiga çaqirdi
FIFA prezidenti Janni Infantino taşkilotning tijorat va taşkiliy aktivlarini sotiş rejasi atrofidagi tanqidlar kuçayganidan söng, FIFA rahbariyatini favqulodda yiğilişiga çaqirdi. Bu haqda “The Times” xabar berdi.
Manbaga köra, yiğiliş bugun, 5 avgust kuni Marokaş poytaxti Rabot şahrida bölib ötadi. Manbalarning takidlaşiça, Infantino sönggi kunlarda keskinlaşgan inqirozdan çiqiş yölini izlamoqda.
Qayd etilişiça, FIFA’ning yangi loyihasiga qarşi bir qator yuqori lavozimli amaldorlar, jumladan, global futbolni rivojlantiriş böyiça direktor Arsen Venger, FIFA boş kotibi Mattias Grafstryom hamda Iordaniya futbol federatsiyasi prezidenti şahzoda Ali çiqiş qilgan. Arsen Venger mazkur taşabbusning bekor qilinişi “mutlaqo zarur” bölganini takidladi.
“Men uşbu strategik rejani işlab çiqişda iştirok etmaganman va bu haqda birinçi marta ommaviy axborot vositalari orqali eşitdim. Loyihaning qaytarib olinişi zarur edi. Men öyinga halol, şaffof va masuliyatli xizmat qiladigan mustaqil FIFA ğoyasiga qatiy işonaman”, deydi frantsiyalik mutaxassis.
FIFA boş kotibi Mattias Grafstryom esa xodimlarga yöllagan içki murojaatida ötgan haftani “açinarli va şarmandali voqealar silsilasi” deb atagan.
Şahzoda Ali esa tanqidlarni yanada keskinlaştirib, taşkilot rahbariyatini “deyarli şantaj bilan çegaradoş” vaziyatni yuzaga keltirganlikda aybladi. Uning fikriça, milliy assotsiatsiyalarga mukofot pullarini taqsimlaş masalasi Janni Infantinoni qayta saylovda qöllab-quvvatlaş bilan boğlab qöyilgan.
Eslatib ötamiz, mojaro oqibatida dastlabki istefo ham kuzatildi. FIFA’ning strategiya va global boşqaruv böyiça katta maslahatçisi Karlos Kordeyro lavozimini tark etdi.
U taklif etilgan loyihani “futbol uçun yomon kelişuv” deb baholab, bu taşabbus “öyinning kelajagini xavf ostiga qöyişi”ni takidladi.