USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Infantino JÇ tijoriy huquqlarini sotiş rejasidan voz keçdi

83 марта
Инфантино ЖЧ тижорий ҳуқуқларини сотиш режасидан воз кечди

FIFA prezidenti Janni Infantino Jahon çempionatining tijorat huquqlarining bir qismini xususiy investorlarga sotiş rejasidan voz keçganini malum qildi. U, bu haqda özining Instagram sahifasida elon qildi.

Avvalroq, FIFA futbol amaldorlarining keskin tanqidlari va taşkilot içidagi kelişmovçiliklar sababli mazkur taşabbus bekor qilinganini xabar qilgan edi.

“Loyiha FIFA’ga azo assotsiatsiyalarini yanada mustahkamlaş va sportimizni butun dunyo böylab, ayniqsa, qöllab-quvvatlaşga eng köp muhtoj bölgan mamlakatlarda rivojlantiriş uçun poydevor yaratişi kerak edi”, deb yozdi Infantino.

Uning takidlaşiça, loyiha faqat FIFA’ga azo assotsiatsiyalarining aksariyati qöllab-quvvatlagan taqdirdagina hamda FIFA Kengaşi, konfederatsiyalar va boşqa manfaatdor tomonlar bilan maslahatlaşuvlardan söng amalga oşirilişi kerak edi.

“Barça fikrlarni diqqat bilan tinglagandan söng, biz uşbu taşabbus şunçalik katta kelişmovçiliklarga sabab bölganini angladikki, endi u dastlabki maqsadiga javob bermaydi. Bizning maqsadimiz har doim birlaştiriş va futbolni yanada rivojlantiriş bölgan va şunday bölib qoladi. Şuning uçun bu taklif endi boşqa işlab çiqilmaydi”, deydi FIFA rahbari.

Şuningdek, Infantino yaqin haftalarda barça manfaatdor tomonlarni yana bir bor muzokaralar stoli atrofida töplab, butun dunyoda, ayniqsa, qöllab-quvvatlaşga muhtoj mamlakatlarda futbolni rivojlantiriş böyiça yangi yeçimlar işlab çiqiş niyatida ekanini bildirdi.

Eslatib ötamiz, Infantinoning mazkur taşabbusi avvalroq Yevropa futbol ittifoqi (UEFA), Şimoliy, Markaziy Amerika va Karib dengizi futbol konfederatsiyasi (KONKAKAF), Osiyo futbol konfederatsiyasi (OFK) hamda Janubiy Amerika futbol konfederatsiyasi (CONMEBOL) tomonidan rad etilgan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: